Elektronlar ham to’lqin ham zarra xossaga ega bo’lgani uchun atomning aniq o’lchamini topish qiyin.Atomning absolyut chegarasini topib bo’lmaydi.Hisoblarda effektiv yoki ayni lahzadagi o’zgaruvchi atom radiusidan foydalaniladi.Atomning radiusi eng muhim kattaliklardan biridir.Atomning radiusi qancha katta bo’lsa uning tashqi elektroni shuncha bo’sh bog’langan.Davrda atomning radiusi chapdan o’ngga qarab kamayadi.Guruhlarda bo’lsa yuqoridan pastga qarab ortadi.
Ionlanish energiyasi(I).Atomdan 1 ta elektron uzib chiqarish uchun kerak bo’ladigan energiyaga ionlanish energiasi diyiladi.Davrda ionlanish energiasi chapdan o’ngga qarab ortib boradi.Guruhda yuqoridan pastga qarab ionlanish energiyasi kamayadi.
Elektonga moyillik energiyasi(E). Atomga 1 ta elektron biriktirganda ajraladigan energiyaga aytiladi. Elektronga moyillik energiyasining qiymati ionlanish energiyasiga o’xshash bo’ladi.
Elektromanfiylik(X=I+E). L.Poling taklifiga ko’ra atomning o’ziga elektron tortish xususiyatiga elektromanfiylik deyiladi. Li ning elektromanfiyligi 1 deb qabul qilingan. Ftorning nisbiy elektromanfiyligi 4,1 ga teng. Bu nisbiy elektromanfiylikni ko’rsatadi.