KIMYOVIY BOG’LANISHNING TABIATI VA KIMYOVIY BIRIKMALARNING TUZILISHI


Kimyoviy bog’lanish haqidagi ta’limot hozirgi zamon  kimyosining asosidir.  Bu  ta’limotsiz  kimyoviy birikmalarning xossalarini va ularning reaktsiyaga kirishish qobiliyatlarini  tushunish  mumkin  emas.

      Kimyoviy bog’lanishning  uchta asosiy tipi ma’lum:  kovalent,  ion va

metall bog’lanish.

      Kovalent bog’lanish. O’zaro ta’sir etuvchi atomlar elektron bulutlarining umumlashuvi hisobiga vujudga keladigan bog’lanish   kovalent  bog’lanish .  deyiladi.  Kovalent boglanishni tushuntirishning 2 ta usuli bor.  Ular: valent bog’lanish usuli (VBU), molekulyar orbitallar usuli (MOU).

     Bu boglanish VBUida quyidagicha tushuntiriladi:

     1) kimyoviy   birikma  ikkita  atomdagi  qarama-qarshi  spinli elektronlarning o’zaro juftlashuvi hisobiga vujudga keladi:

  1.    +    .H   =   H : H          

         2) kimyoviy  birikmada  elektron bulutlar bir-birini qanchalik ko’p qoplasa, bog’ shunchalik mustahkam bo’ladi.

                                                      ..  ..

                    .C       +. Cl    =      : Cl:Cl:

                                                      ..   ..

 

     Kimyoviy birikma 2 xil bo’ladi: 1) qutbli va 2) qutbsiz.

     Qutbsiz kovalent  bog’lanish  bir  xil atomlar orasida vujudga keladi. H 2,  O2,  Cl2, N2, F2, Br2, I2 va hokazolar kabi birikmalarda qutbsiz kovalent bog’lanish bo’ladi.            2,1 2,1    2,8  2,8    3,07  3,07

                           H : H      Cl : Cl      N ::: N

 

           Qutbli kovalent bog’lanish.  Bunda umumlashgan  elektron  jufti  hechqaysi atom tomon siljimagan bo’ladi,  chunki  har  ikkala  atomning o’ziga elektronni tortish qobiliyati, ya’ni elektromanfiyligi bir xil 

                                                  H

                     : N + 4.H    ®[ H N  H ] 0H

                                                  H    

     Qutbli kovalent  bog’lanishda elektron jufti (elektron buluti) elektromanfiyligi katta  atom  tomon  siljigan  bo’ladi.  Boglovchi elektron juftining siljishi polyarizatsiya (qutblanish) deyiladi.  HCl molekulasida bir  taraflama  qutblanish  bo’lgani  uchun xlor yadrosi yaqinidagi elektron bulut zichligi katta.  (+) va (-) elektrik markazlari molekulada bitta nuqtaga tushmaydi.  Ular bir-biridan qan-

daydir l masofada bo’ladi. Molekula kichik elektrik dipolga aylanadi. Natijada molekulaning bir qismi (+) musbat, ikkinchi qismi (-) zaryadlangan bo’ladi. Molekuladagi bunday bog’lanishlar polyar yoki geteropolyar bog’lanishlar deyiladi.  H 42 0O, H 42 0S, HCl, NH 43 0, HF va boshqalarda  qutbli  kovalent  bog’lanish  kuzatiladi.  Suv  molekulasida elektron  juftlar  kislorod atomiga,  vodorod ftorid molekulasida ftor atomiga yaqinroq joylashgan. Ular nosimmetrik molekulalardir.

                                 2,1    2,8  

                                 H      Cl

   

     Molekulaning qutblanish darajasi dipol momenti ( m*l) bilan o’lchanadi.               

     Dipol momenti debaylarda o’lchanadi (golland fizigi Debay sharafiga).    

  1D = 10 -18        elektrostatik zaryad birligiga  yoki  1D = 3,33 5. 10 -30  kulon . metrga teng.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan