Atomlar orasidagi boglanish odatda har xil energetik holatlarda bo’lgan elektronlar orasida boradi. Atom orbitallarning gibridlanishi quyidagi xulosaga asoslanadi, bunda atomdagi s, p, d elektron bulutlar bir xilda molekula hosil qilganda siljiydi, shuning uchun bu atomlar elektron buluti bir-birini yaxshi qoplaydi.Valent elektronlar buluti bir-birini yaxshi qoplashi kimyoviy bog’ning
mustahkam bo’lishiga va atomda qo’shimcha energiya zahirasi yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Masalan , BeF2 molekulasini olsak. Har bir ftor atomi bittadan juftlashmagan elektronlarga ega. Bu elektron kovalent bog’ hosil qilishda ishtirok etadi. Berilliy atomi qo’zg’almagan holatda juftlashmagan elektronlarga ega emas. Berilliy atomi qo’zg’algan holatga o’tganda 2s holatda 1 elektronga va 2r holatda 1 elektronga ega bo’lib bu elektron bulutlarning qo’shilishidan sp gibridlanish yuzaga keladi. Shunday qilib, berilliy xlorid molekulasi chiziqli tuzilishga ega. Valent bog’lar orasidagi burchak 180 o .
Bor ftorid molekulasida esa 1s va 2p orbitaldan uchta yangi sp2 gibrid orbitallar hosil bo’ladi. Bu erda bog’lar orasida hosil bo’ladigan burchak 120o bo’ladi. Agar gibridlanish 1s va 3p orbitallar orasida hosil bo’lsa, bunday gibridlanish sp3 gibridlanish deyiladi.
Metan va uglerod(IV) xlorid molekulalari ana shunday tuzilishga ega.