Ionlar orasida elektrostatik tortishish kuchlari ta’sirida yuzaga keladigan bog’lanish ion bog’lanish deyiladi. Ion bog’lanish elektromanfiyligi bo’yicha katta farq qiladigan atomlar orasida hosil bo’ladi.
2,81 2,81
Sl : Cl qutbsiz kovalent bog’lanish
2,1 2,81
H : Cl qutbli kovalent bog’lanish
1,01 2,81
Na : Cl ion bog’lanish
Ion boglanish hosil bo’lish mexanizmi kovalent bog’ hosil bo’lish mexanizmiga o’xshaydi. Avval umumiy elektron juft hosil bo’ladi. So’ngra bir yoqlama qutblanish hisobiga bu elektron juft elektromanfiyligi yuqoriroq bo’lgan atom tomonga siljiydi.
Na:Cl ® Na + Cl - Na - e ® Na +
Cl + e ® Cl -
Kovalent va ion bog’lanishlar hosil bo’lish mexanizmlari o’xshash
bo’lib, umumiy elektron juftining qutblanish darajasi bilan farq qiladi. Agar 0 bo’lsa, qutbsiz kovalent bog’,
0 < 0,7 < 4 bo’lsa, qutbli kovalent bog’, 0,7 > 4 ion bog’lanish.
Ion bog’lanishli birikmalar qiyin suyuqlanadigan qattiq moddalardir. Osh tuzi NaCl ning suyuqlanish harorati T suyuq 800 0C, KCl niki T suyuq 768 0C. Ion bog’lanishli moddalarning suvli eritmalari, hatto suyuqlanmalari elektr tokini yaxshi o’tkazadi.
Ion bog’lanish ionlararo o’zaro ta’sir natijasida hosil bo’ladi.
Har qaysi ionni zaryadlangan shar deyish mumkin. Ionning kuch maydoni
fazoda hamma yo’nalishda bir tekisda tarqala oladi, ya’ni o’ziga qarama-qarshi zaryadli ionni har qanday yo’nalishda ham bir tekis torta oladi. Demak, ion bog’lanish yo’naluvchanlik xossasini namoyon qilmaydi. Bundan tashqari, manfiy va musbat ion o’zaro birikkan bo’lsa ham, har bir ion o’ziga harama-qarshi zaryadli boshqa ionlarni ham o’ziga torta oladi. Demak, ion bog’lanish to’yinuvchanlik xossasiga ega emas.
Ion bog’lanish to’yinuvchanlik va yo’naluvchanlik xossalariga ega bo’lmagani uchun har qaysi ion atrofida maksimal miqdorda qarama-qarshi zaryadli ionlar bo’ladi. Ionlarning maksimal miqdori kation va anionlar radiuslarining bir-biriga nisbatan katta-kichikligiga bog’liq. Masalan, Na+ ioni atrofida eng ko’p 6 ta Cl - ioni Cs + ioni atrofida esa ko’pi bilan 8ta Cl - ioni bo’ladi.
Biri musbat, biri manfiy iondan iborat ion bog’lanishli molekulalar odatdagi sharoitda yakka-yakka holda mavjud bo’la olmaydi.Ular o’zaro birikib juda ko’p molekulalardan iborat kristallarni hosil qiladilar. Shuning uchun NaCl, CsCl emas, Na nCln ; CsnCln yozish to’g’riroq bo’ladi.