METALL BOG’LANISH


  Metallardagi kimyoviy bog’lanish tabiati ularning quyidagi xossalari:

        1)  yuqori elektr va issiqlik o’tkazuvchanligi;

        2) simobdan boshqa metallar yuqori koordinatsion  songa  ega  bo’lgan  kristallar ekanligi bilan xarakterlanadi.

     1- xossasidan metallarda elektronlarning bir qismi metalning butun hajmi bo’ylab harakat qila oladi degan xulosa kelib chiqadi.  Ularda ikki elektronli bog’lanish  yo’q,  chunki  valent  elektronlar  soni bunday bog’lanish hosil qilish uchun etarli emas.

     Masalan, litiy atomi kristallanganda kub panjarali kristall tugun hosil  qiladi.  Kub kristall panjara tugunida markaziy atom qo’shni 8 ta litiy bilan bog’langan.  Aslida litiy atomi tashqi qavatida 8  ta elektron bo’lishi kerak edi.Metall

bog’lanishni litiy uchun quyidagicha tushuntirish mumkin.  Har bir atom bog’lanish uchun litiy 4 orbital va 1 ta elektron beradi. Demak, kristaldagi orbitallar soni elektronlar sonidan ortiq.Shuning uchun elektron bir  orbitaldan

ikkinchisiga oson  o’tishi mumkin.Bularning hisobiga elektronlar metalldagi  hamma atomlar orasidagi bog’lanishda ishtirok etadi.

     Agar ionlanish  energiyasi  kam  bo’lgan  boshqa  metall olinsa, elektron butun kristall panajara bo’yicha harakatlanib yuradi.   Elektronlarning kristall panjara buylab harakatlanishi metallarning elektr o’tkazuvchanligini ta’minlaydi.

     Kovalent va ion bog’lanishdan farq qilib, metallarda kam sondagi elektronlar ko’p sondagi yadroni ushlab turadi va bu  elektronlar metallarda harakatalanishi mumkin.  Shular asosida metallarga quyidagi ta’rifni berish mumkin.

     Metall bog’glanish nazariyasiga ko’ra , metallar juda ixcham joylashgan kationlardan iborat ixcham struktura bo’lib, ularning umumlashgan elektronlari  biri-biri bilan bog’langan.

     Metall bog’lanishni molekulyar orbitallar usuli bilan  tanishtirish mumkin.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan