Molekulalar orasida orientatsion, induktsion va dispersion ta’sirlar mavjud. Ular 3 ga bo’linadi: orientatsion, induktsion va orientatsion.
Dispersion- molekulalar orasida bir lahzada yuzaga keladigan mikrodipollar hosil bo’lishiga asoslangan.Molekulalar yaqinlashganda mikrodipollar paydo bo’ladi, bunda molekulular tortiladi. Agar ikki molekulada mikrodipollar baravariga paydo bo’lmasa ular bir-biridan uzoqlashadi.
Orientatsion ta’sirlar- qutblangan molekulalar orasida yuzaga keladi. Molekulalarning tartibsiz issiqlik harakati tufayli bir xil zaryadlangan dipollarning uchlari bir-biridan uzoqlashadi, qarama-qarshi zaryadlangan uchlari esa bir-biriga tortiladi.
Molekulalar qanchalik qutblangan bo’lsa ular bir-biriga shunchalik kuchli tortiladi.
Induktsion ta’sir - molekulalarda yuzaga keladigan induktsiyalangan dipollar hisobiga sodir bo’ladi. Faraz qilaylik, qutblangan va qutblanmagan molekulalarning uchlari uchrashdi. Qutblangan molekulalar ta’sirida qutblanmagan molekulalar egiladi va unda qoldiq (induktsiyalangan) dipol paydo bo’ladi.Induktsiyalangan dipol o’z navbatida polyar molekulaning elektrik dipol momentini kuchaytiradi.Ko’rib chiqilgan molekulalaro ta’sir 2 ta narsaga boQliq. 1) molekulaning qutblanganligiga 2) molekulaning deformatsiyalanishiga.
Agar qutblanganlik ko’p bo’lsa orientatsion ta’sir ustun bo’ladi.
Agar deformatsiyalanish ko’p bo’lsa dispersion ta’sir ustun bo’ladi.Induktsion ta’sir ikkala holatga ham bog’liq.
Elektron berilmasdan yuzaga keladigan ta’sirlar Van-der-vaals ta’sir kuchlari deyiladi.
Molekulalaro elektrik o’zaro ta’sir kuchlarini o’rganish gaz, suyuq va qattiq moddalarning xossalari va tuzilishini tushuntirish uchun katta ahamiyatga ega.
Van-der-vaals kuchlari molekulalarning tortilishi va agregatsiyalanishida, gaz moddalaraning suqlikka va qattiq moddalarga aylanishiga sababchi bo’ladi.
Kovalent bog’lanishga nisbatan van-der-vaals ta’sir kuchlari juda bo’sh bo’ladi. Masalan , xlor molekulasining atomlarga ajralish energiyasining qiymati 243 kJ/mol, xlor kristallarining gazga aylanish energiyasi 25 kJ/mol.
Kimyoviy boglanishni yaxshi bilish dorivor moddalarning eritmalardagi ta’sir mexanizmini to’g’ri anglashda katta ahamiyatga ega bo’ladi.