KOMPLEKS BIRIKMALAR


 Tarkibida murakkab - "kompleks" ion tutgan birikmalar  kompleks  birikmalar  deyiladi.  Yangi kimyoviy bog’ hosil qilmasdan yoki yangi elektron jufti yuzaga kelmasdan oddiy molekulalardan murakkab molekulalar  hosil  bo’lishi kompleks birikmalarni yuzaga keltiradi.Kompleks birikmalarda olingan va berilgan elektronlarning  soniga qarab valentlikni bilib bo’lmaydi.  Kompleks birikmalar 2 ta polyar molekulalarni o’zaro ta’siridan hosil bo’ladi. Masalan:

       NH 3  + HCl = [NH4]Cl

                                kristall

       CaCl + 8NH 3  = [Ca(NH3 )8]Cl2

                                        kristall

       CuCl+ 2NH4OH = Cu(OH)2¯ + 2NH4Cl

                        ko’k cho’kma

     Agar cho’kmaga ko’p miqdorda NH4OH qo’shsak, cho’kma eriydi.

       Cu(OH)2¯ + 2NH4OH + 2NH4Cl = [Cu(NH3)4]Cl  + 4H2O

                                                                ko’k rangli eritma

       Fe(CN)+ 4KCN = K4[Fe(CN)6]        sariq qon tuzi

       Fe(CN)3 + 3KCN = K3[Fe(CN)6]        qizil qon tuzi

     Agar reaktsiya sharoiti o’zgartirilsa,

       CrCl+ 6H2O  -®  [Cr(H2O)6]Cl3          1  mol suv ajratilsa,

                                           sariq rangli

       [Cr(H2O)5Cl]Cl2,     yana 1 mol suv ajratilsa  [Cr(H2O)4Cl2]Cl

       to’q qizil rangli                                                 yashil rangli

 birikmalar  hosil bo’ladi. Shunday qilib  bir kompleks ikkinchisiga o’tadi.

Kompleks birikmalar juda ko’p joylarda qo’llaniladi. Biologiyada ularning ahamiyati juda katta. Kompleks birikmalarsiz hayot bo’lmaydi.

 

Gemoglobin Fe2+ , xlorofill Mg 2+ larning kompleks birikmalaridir. Kompleks  birikmalar  asoslar,  kislotalar,  tuzlar bo’lishi mumkin. Ular ichida elektrolitmas moddalar ham bor.

           Asoslar                    Kislotalar               Tuzlar

     [Ag(NH3)2 ]OH           H[AuCl4]           [Ni(NH3)4]SO4

     [Cu(NH3)2](OH)       H2[SnF6]            Na3[AlF6]

     [Ni(NH3)4](OH)2        H2[PtCl6]           K3[Fe(CN)6]

     Elektrolitmas moddalar: [Pt(NH3)4Cl2]     [Pt(NH3)6 ]Cl4

                             [Ni(CO)4]         [Fe(CO)5]

     Kompleks birikmalarning  tuzilishini  1898  yilda  shved olimi Alfred Verner o’zining koordinatsion  nazariyasida  tushuntirdi.  Bu nazariyaga ko’ra:

  1. Kompleks birikmada markaziy o’rinni kompleks hosil qiluvchi   - zaryadlangan metal atomi (kation) egallaydi.
  2. Kompleks hosil qiluvchi ion yoki atom atrofida u bilan bog’langan ma’lum  sondagi  anionlar  yoki neytral molekulalar    bilan o’ralgan bo’ladi.  Bu anion yoki molekulalar  ligandlar  deyiladi. Ularning soni esa,  koordinatsion son . deyiladi.
  3. Kompleks hosil qiluvchi va ligandlar ichki  sferani  tashkil   etadi va kvadrat qavs ichiga olinadi.
  4. Ichki sferaga kirmagan ionlar tashqi sferani tashkil etadi.

                                    ┌─                              ─┐

                  K +              │      CN -           CN -   │

                  K              │      CN-  Fe 3+  CN -     │         K 3 [Fe(CN)6]

                  K+              │       CN           CN-   │

                                    └─                             ─┘

 

     Kompleks birikmani formulasini yozish uchun:

 

     1) kompleks hosil qiluvchi ionning zaryadini;

     2) ligandlarning zaryadini;

     3) koordinatsion sonni;

     4) tashqi sfera ionlarini bilish kerak.

     Kompleks hosil qiluvchi ionlar asosan Mendeleev davriy sistemasidagi d -elementlarning ionlaridir.  Ular: Ag 1+ ,Au1+ ,Au 3+ ,Cu2+ ,Cu1+,

Zn 2+, Cd 2+ , Co2+ , Ni 2+ , Fe2+ , Fe 3+ , Pt 2+ ,Pt 4+ ,Pd 2+ ,Pd 4+ ,Al 3+ .

     Ligandlar sifatida a) dipol xarakterga ega bo’lgan molekulalar - H2O, NH3, NO, CO ,N2H4, NH2C2H4NH2 va boshqalar.;

  1. b) ionlar - SN-,  NO 2 - ,  Cl - ,  Br- ,  J - ,  OH- , CO32- , SO4 2- ,

CH3COO , SO32- , PO4 3- , CNS- , CrO42- ;

 

          Ba’zi bir kompleks hosil qiluvchi ionlar uchun  

Koordinasi   son

          2

         4

          6

       8

    

     Ionlar

     Cu+

     Ag+

     Hg+

     Au+

    Cu2+

     Zn2+

     Hg2+

    Mg2+ 

      Al3+

      Cr3+

       Fe3+

       Fe2+

      Ca2+

      Ba2+

      Mg2+

         Pd2+

 

 

  Ko’rinib turibdiki, ko’pchilik hollarda koordinatsion son 4 va 6 ga teng.

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan