KOMPLEKS BIRIKMALARNING KLASSIFIKATSIYASI VA NOMLANISHI


   Kompleks ionning  zaryadiga  qarab,  kompleks birikmalar uchga bo’linadi:

             1) kation,                [Cu(NH3)4]SO4  =  [Cu(NH3)42+  + SO42-

            2) anion                   K4[Fe(CN)6] = 3K+  + [Fe(CN6)] 3-

            3) neytral                 [Pt(NH3)4Cl2 ] , [Fe(CO)5]  kompleks birikmalarga bo’linadi.

       Nomlanishi.   Kompleks  birikmalarni  nomlashda  markaziy atom kompleks hosil qiluvchi ligandlardan keyin o’qiladi.  Bunda albatta uning zaryadi ko’rsatiladi.  Kompleks  ionning  zaryadi  uni tashkil etuvchilari zaryadlarining algebraik summasiga teng bo’ladi.  Shuning uchun markaziy  ionning  formal zaryadi butun ionning zaryadi orqali ifodalanadi. Ligandlar alfavit bo’yicha  ketma-ket  keladi,  bunda ularning soniga qaralmaydi.

       Anionlar nomidagi -it,  -id, -at qo’shimchalari o’rniga -o qo’yiladi. Ftorid - ftoro, xlorid - xloro, tsianid - tsiano va hokazo. Suv va ammiak kabi neytral ligandlar "akva", "amin" deyiladi. Ular anionlardan oldin yoziladi va o’qiladi.

     [Al(H2O)5(OH)]Cl - pentaakvagidroksoalyuminiy (III)-xlorid

     [Co(NH3)5Cl]Cl  -    pentaaminxlorokobalt (III)-xlorid.

     NO, SO gruppalar to’g’ridan-to’g’ri metall atomi bilan bog’langan bo’lsa, ularni nitrozil, karbonil deyiladi.

        Kation  kompleks  birikmalarda  oldin ligandlarning soni, so’ng nomi o’qilib,  so’ngra kompleks hosil qiluvchi o’qiladi va uning oksidlanish darajasi ko’rsatiladi,  oxiridf tashqi sfera ioni o’qiladi.

        [Cu(NH3)4]SO -  tetraaminmis (II) - sulfat

       [Al(H2O)6]Cl  - geksaakvaalyuminiy (III) - xlorid

       [CrCl(H2O)5]Cl2  - xloropentaakvaxrom (III) - xlorid.

  1. Anion kompleks birikmalarda oldin tashqi sfera ioni so’ngra ligandlarning soni va nomi o’qilib,  oxirida kompleks hosil qiluvchining nomiga –at qo’shimchasi qo’shib o’qiladi va uning oksidlanish darajasi aytiladi.

     K2[Be(OH)4] –  kaliy tetragidroksoberillat (II)

     K[Fe(CN)6 ] -  kaliy geksatsianoferrat (II)

     Na[BiJ4]      -    natriy tetraiodovismutat (III)

  1. Neytral kompleks birikmalarni nomlashda  avval  ligandlarning soni va nomi o’qilib, so’ngra kompleks hosil qiluvchi o’qiladi.

     [Fe(CO)]    - tetrakarbonil temir

     [Pt(NH3)Cl2]  - diamindixlor platina.

      Kompleks birikmalarning tuzilishini aniqlash.   Kompleks birikmalarning tuzilishini bir necha usul bilan aniqlash mumkin.

  Almashinish reaktsiyasi orqali quyidagi komplekslarning tuzilishi aniqlangan.

1)     PtCl6NH3 ,    PtCl44NH3 ,    PtCl42NH,   PtCl4 2KCl

     Tarkibida 1 mol PtCl4 6NH tutgan eritmaga ortiqcha miqdorda

     AgNO3 eritmasidan  qo’shilsa,  4  mol AgCl cho’kmaga tushgan.  Demak,

hammma  Cl  ionlari tashqi sferada joylashgan.

         [Pt(NH3)4]Cl  =    [Pt(NH3)4] 4+   +   4Cl-

     geksaaminplatina (IY)  xlorid

     PtCl44NH3 eritmasiga ortiqcha AgNO3 qo’shilsa, 2 mol AgCl cho’kmaga tushgan.

         [Pt(NH3)4Cl2]Cl 2 =   [Pt(NH3)4Cl2]2+  +   2Cl-

         tetraamindixloroplatina (IY)    xlorid

         PtCl4 2NH3 eritmasiga kumush nitrat eritmasidan qo’shilsa, cho’kma hosil bo’lmaydi,  chunki xlor ionlarining hammasi  ichki  sferada joylashgan.

        [Pt(NH3)Cl4]  diamintetraxloroplatina –neytral kompleksdir.

        PtCl4 2KCl eritmasida  ham kumush nitrat ta’siridan cho’kma hosil bo’lmagan.

          K4[PtCl6]  = 2K+  + [PtCl62-

     kaliy geksaxloroplatina (IY)

     Bundan tashqari   kompleks   birikmalarning  tuzilishini molyar elektr o’tkazuvchanlik va  rentgenstrukturaviy  tahlil  orqali  ham aniqlash mumkin:

         Elektrolit                                  Molyar elektr

         molekulasidan                              o’tkazuvchanlik,

         hosil bo’ladigan                            m,om-1*sm2*mol-1

             ionlar soni

                    2                                               100

                    3                                                250

                    4                                                400

                    5                                                 500

        

                 m - qiymati 500 bo’lishi  uni tarkibidagi ionlar soni  5 ta ekanligini ko’rsatadi.[Pt(NH3)6]Cl4 –shu formulaga javob beradi. [Pt(NH3)5Cl]Cl3 –da ionlar soni 4     m - 400 ga teng. K2[PtCl4]  dan [Pt(NH3)2Cl4] ga o’tgan sari m - ning qiymati kamayib bo’radi.

 

       Rentgenostruturaviy usulda kompleks birikmalarni tahlil qilish uchun kompeks birikmasini anchagina katta kristalli olingan bo’lishi kerak.Shunda  kristall moddada joylashgan atom va molekulalarning joylanish tartibini aniqlash mumkin.

     Kompleks hosil qiluvchi ionning  koordinatsion  soni  o’zgarmas qiymat  emas,  ayni  ligandning tabiatiga bog’liq,  uning elektrik xossalari bilan belgilanadi. Bundan tashqari koordinatsion son ayni kompleks hosil qiluvchi va ligandning agregat holatiga, kontsentratsiyasiga va ular orasidagi ta’sirga ham bog’liq.

     Ichki sferada  faqat birgina o’rinni egallaydigan ligand monodentant ligand deyiladi.  Ularga:

                            NH3 , H2O, OH, Cl- , CN - , F- , J-

va hokazolar  misol bo’ladi.

     Agar ligand 2 o’rinni egallasa bidentant deyiladi.

     Ularga misol: SO42-  , CO32- , NH2-CH2CH2-NH2.

      To’rt o’rinni  egallagan  tetradentant  ligandga  ikki zaryadli etilendiaminsirka kislota misol bo’ladi.   

   

                 OOCCH2-N-CH2COOH

                                    │

                                    │   

                    -OOCCH2-N-CH2COOH

          Ichki sferadagi neytral molekulalar yoki ionlar ya’ni ligandlar

sekin-asta boshqa ligandlarga almashinishi mumkin. Masalan:

     [Co(NH3)4]Cl molekulasidagi ammiak NO2 ionlariga almashinishidan [Co(NH3)NO2]Cl2,  [Co(NH3)4Cl(NO2)]Cl ,  K 2[Co(NH3)2(NO2)4] ,

4[Co(NO2)6] lar hosil bo’ladi.

    Bunda kompleks ionning zaryadi  3+ dan 3- ga o’tadi.  [Co(NH3)4]3+    [Co(NO2)6]3-

Birikmalari
  • H2O - Suv
  • HN 3 - Amiak
  • HF - Vodorod ftorid
  • HCl - Vodorod xlorid
  • NaH - Natriy gidrid
  • MgH 2 - Magniy girid
  • KH - Kaliy girid
  • BaH 2 - Bariy gidrid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan