Kompleks birikmaning ichki va tashqi sferalarining barqarorligi bir-biridan keskin farq qiladi. Kompleks birikmalarda tashqi sferada turadigan ionlar elektrostatik ta’sir kuchlari orqali bog’langan, shuning uchun suvli eritmalarida ichki va tashqi sfera ionlariga oson to’la dissotsiatsiyalanadi:
[Cu(NH3)4]SO4 = [Cu(NH3)4]2+ + SO42-
K4[Fe(CN)6] = 3K+ + [Fe(CN)6]3-
Ichki sferadagi ligandlar markaziy atom bilan kuchli bog’langan bo’lib, ular kuchsiz elektrolitlarga o’xshab oz miqdorda dissotsiatsiyalanadi:
[Cu(NH3)4]2+ = Cu2+ + 4NH3
[Fe(CN)4] 3+ = Fe 3+ + 6CN-
Kompleks ionning dissotsiatsiyasiga massalar ta’siri qonunini tatbiq etish mumkin.
[Cu2+ ] [NH3] 4 [Fe3+ ] [CN - ] 6
K beq =-------------- -------- K beq = -------------------
{ [Cu(NH3)4]2+} {[Fe(CN)6]3+}
Kompleks hosil qiluvchi ion va ligandlar kontsentratsiyalari ko’paytmasining kompleks ion kontsentratsiyasiga nisbati beqarorlik konstantasi deyiladi. Beqarorlik konstantasining qiymati qancha kichik bo’lsa, kompleks birikma shuncha barqaror bo’ladi.
Kompleks birikmalarning barqarorligini xarakterlash uchun oxirgi vaqtda beqarorlik konstantasi o’rniga barqarorlik konstantasi qo’llaniladi. Beqarorlik konstantasining teskari qiymati barqarorlik konstantasi deyiladi.
{ [Cu(NH3)4]2+} 1
K barkarorlik = ---------------------- = -------
[Cu 2+ ]* [NH3]4 K beqaror
K barqarorlik qancha katta qiymatga ega bo’lsa, kompleks birikma shuncha mustahkam bo’ladi.