Bir xil ligandlar kompleks hosil qiluvchi atom atrofida simmetrik joylashadi. Koordinatsion son 2ga teng bo’lsa, kompleks birikma chiziqli ko’rinishda bo’ladi.
L -------Me------- L
Koordinatsion son 4ga teng bo’lsa, kompleks birikma tekis kvadrat yoki tetraedr shaklda bo’ladi.
L ─────────── L L
│ │ Me
│ Me │ L ------½-------- L
│ │
L ─────────── L L
Yassi kbadrat tetraedr
Tetraedr shaklidagi kompleks birikmaning izomerlari bo’lmaydi. Tekis kvadrat
shakliga ega bo’lsa, uning tsis va trans izomerlari bo’ladi. Masalan:
[Pt(NH3)4Cl2]
NH3─────────Cl - NH3─────── Cl-
│ │ │ │
Pt2+ │ Pt2+ │
│ │ │ │
NH3─────────Cl- Cl - ──────── NH 3
tsis - izomer trans – izomer
Izomerlar bir-biridan rangi, eruvchanligi, dipol momenti,reaktsiyaga kirishish qobiliyati bilan farq qiladi.
Agar koordinatsion son 6 ga teng bo’lsa, kompleks birikma shakli oktaedr ko’rinishda bo’ladi. Bu shakl uchun ham 2ta izomer mavjud.
[MeA4B2] K[Cr(SNC)4(NH3)2]
NH3 NH3
SNC SNC SNC NH3
Cr3+ Cr3+
SNC SNC SNC SNC
NH3 SNC
trans - izomer tsis - izomer
Geometrik izomeriyadan tashqari ichki sferada ligandlarning joylanishiga doir bo’lgan izomeriya ma’lum:
1) Suvning ichki va tashqi sferada o’zgarishiga qarab gidrat izomeriyani olsh mumkin. [Cr(H2O)6]Cl3 ; [Cr(H2O)5Cl]Cl2 *H2O ; [Cr(H2O)4Cl2]Cl *2H2O ;
2)Ionizatsion izomeriya ; Ionlarning ichki va tashqi sferada almashinisiga asoslangan. [Co(NH3)5SO4]Br; [Co(NH3)5Br]SO4 ;
Pt(NH3)4Cl2]Br2; [Pt(NH3)4Br2]Cl2.
3)Koordinasion izomeriyada esa ligandning bir kompleks hosil qiluvchidan ikkinchisiga kochishi sodir bo’ladi:
[ Co(NH3)6][Cr(CN)6] ; [Cr(NH3)6] [Co(CN)6] .
4)Tarkibiga ko’ra dimer yoki trimer holatda uchraydigan izomerlar:
[Pt(NH3)4Cl2 ; Pt(NH3)4][PtCl4].