Bor (unsur)


Bor - unsurlar davriy jadvalining 5 unsuri, nimmetall. Bor (lot. Borum), V — Mendeleyev davriy sistemasi III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 5, atom massasi 10,811. Tabiiy Bor (unsur) ikkita barqaror izotopdan iborat: 10V (19,57 %) va "V(80,43 %). Bor (unsur)ning radioaktiv izotoplari olingan. Bor (unsur)ni birinchi marta Bor (unsur) GeyLyussak va Bor (unsur) Tenar 1808 yilda bor angidridi V2O3 ni metall holdagi kaliy ishtirokida qizdirish usuli bilan olgan. Bor (unsur) yer poʻstining ogʻirlik jihatidan 3YU4 % ini tashkil etadi. Tabiatda erkin holda uchramaydi. Lekin Bor (unsur) birikmalari koʻpincha yer ostidan chiquvchi suvlarda hamda qoldiq jinslar tarkibida, neft suvlarida, dengiz, shoʻr koʻllar, issiq suvlarda, vulqon lavalari va tuproqlarda uchraydi.

Bor (unsur) — rangeiz, kulrang yoki qizil rangli kristall yoxud qora rangli amorf modda. Uning rangi va holati allotropik shakl oʻzgarishiga bogʻliq. Bor (unsur)ning 10 dan ortiq allotropik modifikatsiyalari maʼlum. Bor (unsur) qattiqligi jihatidan barcha moddalar orasida ikkinchi oʻrinda turadi (olmosdan keyin). Uning Moos boʻyicha qattikligi 9,3, mikroqattiqligi esa 30,4 GPa ga teng . Suyuqlanish temperaturasi 2075°, qaynash temperaturasi 3658°. Elektr tokini yomon oʻtkazadi. Bor (unsur) koʻpgina birikmalarda 3 valentlik boʻlib, kompleks tuzlar hosil qilishga moyil. Amorf hoddagi Bor (unsur) kristall holdagiga nisbatan birmuncha faolroq hisoblanadi. Bor (unsur) kimyoviy reaksiyalarga suyet kirishadi. Tra oshgan sayin uning faolligi orta boradi. Yuqori trada Bor (unsur) kislorod, oltingugurt va galogenlar bilan birikadi. 700° gacha qizdirilganda bor angidridi V2O, ni hosil qiladi. 900° dan yuqorida azot bilan birikib, bor nitrid BN, kumir bilan qizdirilganda bor karbid V4S, metallar bilan esa boridlar beradi. Oddiy sharoitda Bor (unsur) kislotalarda erimaydi, lekin konsentrlangan nitrat kislotada borat kislota (N3VO3) gacha oksidlanadi. Konsentrlangan ishqor erigmalarida astasekin erib, boratlar hosil qiladi. Bor (unsur)ning kompleks birikmalaridan borgidridlar, mas, VGʻ3 bilan NGʻ ning birikishidan hosil boʻladigan fakultetorborid yoki borftorid kislota N[VGʻ4] bilan Na [VGʻ4] ahamiyatli. Elementar Bor (unsur) tabiiy manbalardan bir necha bosqich bilan olinadi. Maye, boratlarni issiq suvda yoki sulfat kislotada parchalab borat kislotaolinadi, uni suvsizlantirib bor angidridi hosil qilinadi. Soʻngra angidridni magniy, natriy, kalsiy, rux, kaliy yoki temir bilan qaytarib qoraqoʻngʻir rangli kukun holidagi Bor (unsur) olinadi va nitrat kislota bilan tozalanadi. Yarimoʻtkazgichlar sanoati uchun kerakli Bor (unsur) galogenidlardan olinadi va h. k.

Bor (unsur) poʻlatlar qattiqligini oshiruvchi qoʻshimcha sifatida, yadro reaktorlarida ishlatiladigan oʻzaklar tayerlashda va boshqa maqsadlarda ishlatiladi. Bor (unsur)ning koʻpgina birikmalari (mas, borat kislota va uning tuzlari, VGʻ3 va boshqalar) dan sanoatda keng foydalaniladi.

Birikmalari
  • BH 3 - Bor gidrid
  • B2O 3 - Bor oksid
  • B2S 3 - Bor sulfid
  • BF 3 - Bor ftorid
Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan