Neon


Neon (neo..., lot. Neon), Ne — Mendeleyev davriy sistemasining 0 guruh elementi, inert gazlarga mansub. Tar-tib raqami 10, atom massasi 20,179. 1 m³ havoda16 sm³ ga yaqin Neon boʻladi. Uchta barqa-ror izotopi; 20Ne(90,92%), 2lNe (0,257%), 22Ne (8,82%) bor. Sunʼiy yoʻl bilan juda qisqa muddat (T’/2<200 sek.) mavjud boʻladigan radioktiv izotoplari ham olingan. 1898 yilda ingliz olimlari Neon Ramzey va Neon Travers toptan. Gaz holatdagi Neonning zichligi 0,90035 g/l (273 K, 0,1 MPa), suyuklanish temperaturasi — 248,6°; qaynash temperaturasi — 245,9° (273 K, 0,1 MPa). Suyuqholatdagi Neonning zichligi 1240 kg/m³. Neon, odatda, kimyoviy reaksiyalarga kirishmaydi. Lekin uning Ne-6H2O tarkibli gidrati, molekulyar bogʻlangan bi-rikmalari hosil qilingan. Neon sanoatda suyuq havodan ajratib olinadi. Ra-diotexnikada, elektron asboblarda, vakuum texnikasida ishlatiladi.[1]

Atom tuzilishi
Batafsil
Loyiha "Yangi internet tashabbusi" tanlovi doirasida, O'zbeksiton Respublikasi
Axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va
UZINFOCOM Markazi ko'magi bilan ishga tushirilgan