Vanadiy (Vanadium), V - [[Mendeleyev davriy sistemasi]]ning V guruh kimyoviy elementi; atom raqami 23, atom massasi 50,942; kulrang metall. Tabiiy Vanadiyning ikkita izotopi bor. Barqaror 31V (99,75%) va beqaror 5"V (0,25%). 50V ning yarim yemirilish davri 10y yil.
Vanadiyni 1801 yilda meksikalik mineralog Vanadiy Vanadiy Del-Rio qoʻngʻir qoʻrgʻoshin rudasida topgan. 1830 yilda shved kimyogari Vanadiy Vanadiy Sefstryom temir rudasida yangi element topib, uni skandinaviyalik goʻzallik xudosi Vaiadis nomi b-n atagan. Vanadiyning Yer poʻstidagi miqdori (ogʻirligi jihatdan 1,91O~2%, okean suvlarida 310-’%, oʻsimlik kullari tarkibida 6,1-10-3% boʻlib, anchagina tarqalgan, lekin asosan togʻ jinslari va minerallarda uchraydi. Vanadiy minerallaridan patronit, roskoelit, mottramit, karnotit, vanadinit va b.ning sanoat ahamiyati bor. Titanomagnetit va qoldiq (fosforli) temir hamda oksidlangan mis-qoʻrgʻoshin-rux rudalari Vanadiy manbai boʻlib xizmat qiladi.
Vanadiyning zichligi 6,11 g/sm3; suyuqlanish t-rasi 1920", qaynash t-rasi 3400". Odatdagi t-rada havo, dengiz suvi va ishqor eritmalari taʼsiriga berilmaydi; korroziyaga chidamliligi jihatdan titan va poʻlatdan yuqori turadi. Vanadiy 2, 3, 4 va 5 valentli birikmalar beradi. Shunga binoan VO b-n V2O3 (asos xossasi bor), VO2 (amfoter) va V2O5 (kislotalik xossaga ega) kabi oksidlari bor. Kislota va suvga chidamli nitridi VN (suyuqlanish t-rasi 2360°) va yuqori darajada qattiq karbidi VC (suyuqlanish t-rasi 2800°) maʼlum.
Vanadiyning asosiy qismi (85%) qora metallurgiyada poʻlat, choʻyan va qotishmalarning mustahkamligini, issiqqa, yemirilishga va korroziyaga chidamliligini oshirish maqsadida ishlatiladi. Vanadiy qirqish ishlarida, asbobsozlik va konstruksion material sifatida ishlatiluvchi poʻlat tarkibiga ham kiradi. Galliy, kremniy va titan b-n hosil qilgan baʼzi qotishma hamda birikmalari oʻta oʻtkazuvchanlikka egaligi b-n diqqatga sazovor. Toza Vanadiydan atom energetikasida va elektron asboblar i.ch. da ham foydalaniladi. Vanadiy birikmalari kimyo sanoatida katalizatorlar sifatida, shuningdek q.x., tibbiyot, toʻqimachilikda, lok-boʻyoq, rezina, sopol, shisha i.ch.da, foto va kino sanoatida ishlatiladi. Vanadiy birikmalari zaharli.[1]