Texnetsiy
Texnetsiy (yun. technetos — sunʼiy, lot. Technetium), Tc — Mendeleyev davriy sistemasining VII guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element. Tartib raqami 43, at. m. 97,9072. Texnetsiyning 20 ta radioaktiv izotopi maʼlum. Texnetsiyni 1937 y. da E. Segre bilan italyan kimyogari K. Perrye molibden yadrolarini deytronlar bilan bombardimon qilib olishga muvaffaq boʻlgan. Hoz. T. yadro reaktorlarda uranning yemirilish mahsulotlaridan ajratib olinadi. Texnetsiyning eng barqaror izotopi —"Ts (T1/2q2,12105 y).